“Anadolu” axborot agentligining xabar berishicha, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Qirg‘izistondagi tashrifini yakunlab, bugun rasmiy tashrif bilan Dushanbega bordi.

Dushanbe xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Farrux Sharifzoda kutib oldi.

Fidanning tashrifi Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddinning taklifiga binoan amalga oshirildi.

Tashrif davomida mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan fikr almashiladi. Anqara va Dushanbe o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilinadi.