2024 yilda Gruziyada so‘nggi o‘n yilda ilk bor aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Tadbirni Gruziya milliy statistika xizmati (Sakstat) BMTning aholishunoslik bo‘yicha jamg‘armasi yordamida amalga oshiradi, deb xabar tarqatdi “Trend” axborot agentligi.

Xabarda aytilishicha, ro‘yxatga olish 14 noyabrdan 19 dekabrgacha o‘tkaziladi.

Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik 2023 yil yozda boshlangan edi, Tayyorgarlik bosqichiga 6,5 million lari (2,5 million dollar) ajratilgan. 2024 yilgi tadbirning jami xarajati taxminan 29 million lari (10,8 million dollar) ga baholanmoqda.