Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayevning taklifiga binoan 8-9 yanvar kunlari Turkiya tashqi ishlar idorasi rahbari Hoqon Fidan rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonga keladi.
“Kabar”ga ko‘ra, rasmiy tashrif doirasida Qirg‘iziston-Turkiya hamkorligini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilish, shuningdek, Qo‘shma strategik rejalashtirish guruhining oltinchi qo‘shma yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha oliy darajadagi uchrashuvlar rejalashtirilgan.