FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi “Asadbek Sifat Savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati tadbirkor Alisher Yoqubboyev tashabbusi bilan  2013 yilda aholiga savdo xizmati ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan.

2019 yilda tadbirkor davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalanib, bank krediti yordamida 8 sotixli maydonda yangi ikki qavatli savdo do‘koni va mebel ishlab chiqaruvchi sex faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Hozirda korxonada 15 nafar kishi doimiy ish bilan ta’minlangan.

Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 12 iyundagi “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni asosida mamlakatimizda “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis”  dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga kiritilgan tadbirkorlik sub’ektlariga beriladigan imtiyoz hamda preferensiyalar ro‘yxati shakllantirilgan.

Yuqoridagi dastur ro‘yxatiga Qoraqalpog‘istondagi tadbirkorlik sub’ektlari qatorida “Asadbek Sifat Savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati ham kiritildi.

Hozirda korxona  imtiyozlardan foydalangan holda kredit mablag‘lari evaziga chet davlatlardan yangi asbob-uskunalarni olib kelish, shu orqali mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish va ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlarni amalga oshirmoqda.

 

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA