Xokkey bo‘yicha Qozog‘iston ochiq chempionati doirasida “Humo” hamda “Irtish” jamoalari o‘rtasidagi beshinchi uchrashuv o‘tkazildi.

Toshkentdagi “Humo” ko‘p tarmoqli sport majmuasida bo‘lib o‘tgan ushbu o‘yinda poytaxtimiz klubi raqiblarini 10:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va muntazam chempionatdagi ochkolar sonini 66 taga yetkazib oldi. “Humo” xokkey klubi “Irtish”ga qarshi o‘tgan 4 o‘yinda 7:1, 6:0, 4:1 va 9:1 hisoblarida g‘alaba qozongan edi.

Endi “Humo” 15 yanvar kuni Ust-Kamenogorskning “Torpedo” jamoasiga qarshi 5-uchrashuvini o‘tkazadi. Ma’lumot uchun, ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘tgan to‘rt o‘yinda hokkeychilarimizning qo‘li baland kelgan.

 

Javohir Toshxoʻjayev,

Muhammad AMIN (surat),OʻzA