FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanining markazdan chetdagi aholi yashash joylarida shu kungacha 6 ta oilaviy shifokorlik punkti faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Yangi yilda ularning soni yana bittaga ko‘paydi.

Aniqrog‘i, “Aqtuba” ovul fuqarolar yig‘ini “Yangi O‘zbekiston” massivida 50 qatnovga mo‘ljallangan oilaviy shifokorlik punkti qurib bitkazildi. Uning umumiy loyiha qiymati 1 milliard 648 million so‘mni tashkil etdi.

Muassasada aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur barcha sharoitlar yaratildi. Bu yerda laboratoriya, avtoklav, kunduzgi davolash hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish xonalari zamonaviy talablar asosida jihozlanib, diagnostika va davolash uskunalari bilan ta’minlandi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA