Bu haqda mamlakat Milliy meteorologiya xizmati “Meteo-Frans” ma’lum qilmoqda.

“Fransiyada XX asr boshidan buyon 2022 yil rekord daraja issiq kelgandi, 2023 yil esa eng issiq yillar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egalladi”, – deyiladi meteo xizmat saytida tarqatilgan matbuot xabarnomasida.

Avvalroq BMTning Jahon  meteorologiya tashkiloti  global harorat keyingi besh yilda rekord darajada yuqori bo‘lishi mumkinligini bashorat qilgandi. Bunga antropogen omillar, ya’ni, is gazlari va tabiiy sharoitlar – okeanda  La-Ninya oqimi fazasining   El-Ninoga almashuvi sabab bo‘ladi. Oqim fazalarining almashuvi nafaqat sayyoramizdagi o‘rtacha haroratga, balki yog‘ingarchiliklar tartibiga ham ta’sir ko‘rsatadi, deyiladi xabarda.