Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligidagi diplomatik manbalar xabar berdi.

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Istanbulda Turkiya yetakchisi Rajab Toyyip Erdog‘an va mamlakatning tashqi ishlar idorasi rahbari Hoqon Fidan bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Amerika diplomatiyasi rahbarining tashrifi davomida G‘azo sektoridagi vaziyat muhokama qilinadi. Ushbu uchrashuv Entoni Blinkenning Yaqin Sharq safari doirasida amalga oshiriladi. Shuningdek, Blinkenning Gretsiyaga ham tashrifi rejalashtirilgan.

Avvalroq AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Mettyu Miller brifingda Blinken bir hafta ichida Turkiya va Gretsiyadan tashqari Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Isroil, G‘arbiy Sohil va Misrga bir qator muhim masalalarni muhokama qilish uchun tashrif buyurishini ma’lum qilgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, safar davomida Isroilning Xamasga qarshi davom etayotgan  harbiy amaliyoti, G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini amalga oshirish va garovda qolganlarni ozod qilish bo‘yicha favqulodda choralar haqida fikr almashiniladi.