Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023 yil 22 dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi muhim ishlarning rejasini aniq belgilab bergan tarixiy anjuman bo‘ldi. Yig‘ilishda davlatimiz rahbari ma’naviyatimiz, adabiyotimiz, madaniyatimiz, san’atimiz oldida to‘siq bo‘layotgan muammolar haqida gapirib, vaziyatga yechim topish yo‘llarini aniq, ravshan belgilab berdi.
Nukus shahrida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan yozuvchi va shoirlar, madaniyat va san’at sohasi xodimlari, ma’rifat targ‘ibotchilari, faol yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan majlis yuqorida keltirilgan masalaga bag‘ishlandi.
Majlisda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan muhim vazifalar, uning mazmun-mohiyati xususida batafsil so‘z yuritildi.
Shuningdek, Prezidentimizning 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda ma’naviyat va ma’rifat ishlarini yanada rivojlantirishda muhim hujjat bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA