Isroil armiyasi uch oy davomida G‘azo sektorida 65 ming tonnadan ortiq portlovchi moddadan foydalangan. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Isroil jangchilari G‘azo sektoriga qarshi keng qamrovli genotsid urushi davomida 45 mingdan ortiq raketa va bomba tashladilar. Ulardan ba’zilari bir tonna og‘irlikda bo‘lgan va ular tinch aholi maskanlarini vayron qilishga ishlatilgan”, – deyiladi xabarda. Isroil armiyasi G‘azo sektoriga hujumlarida og‘irligi 65 ming tonnadan ortiq bo‘lgan portlovchi moddalardan foydalangan.
“Bu Yaponiyadagi Xirosimaga tashlangan uchta yadroviy bombaning kuchidan ko‘proq”, – deyiladi hisobotda.
Shuningdek, unda aytilishicha Isroil samolyotlari tomonidan G‘azo sektori shaharlariga tashlangan bomba va raketalarning taxminan uchdan ikki qismi boshqarilmagan yoki nosoz bo‘lgani ta’kidlangan. Bunday bombalardan foydalanish xalqaro huquq va turli xalqaro shartnomalarni ochiqdan-ochiq buzish hisoblanadi, deya ta’kidlanmoqda.
Yana hisobotda qayd etilishicha, Isroil tinch aholi, bolalar va ayollarga qarshi xalqaro miqyosda taqiqlangan taxminan 9 turdagi bomba va raketalardan foydalanganini hujjatlashtirgan.