Amaldagi Germaniya kansleri Olaf Shols shu yilning boshida o‘z lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda mamlakatning «Bild» nashri yozmoqda.
Jurnalistlarning fikricha, Shols o‘rnini yaqinda eng mashhur nemis siyosatchilari reytingida birinchi o‘rinni egallagan amaldagi mudofaa vaziri Boris Pistorius egallashi mumkin.
“Kanslerning iste’foga chiqishiga «Wirecard» va uning boshlig‘i Yan Marsalek bilan bog‘liq mojaro sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin”, deyiladi maqolada.
N.Mardonov, O‘zA