Shveysariya hukumati portalining ma’lum qilishicha, mamlakatning mudofaa, jamoat himoyasi va sport departamenti rahbari bo‘lgan Viola Amgerd 2023 yil 13 dekabrda prezidentlikka saylanib, bir yil muddatga davlat rahbari bo‘ldi. Karin Keller Sutter Federal Kengash vitse-prezidenti bo‘ldi. U Federal Moliya departamentini boshqaradi.
V.Amgerd 2023 yilda prezident lavozimida ishlagan Alen Bersedan keyin mamlakat prezidenti etib saylandi.
Aksariyat o‘lkalardan farqli o‘laroq, Shveysariya prezidenti unchalik ko‘p vakolatlarga ega emas. Mamlakatni boshqarish kollegial organ – Federal Kengash tomonidan amalga oshiriladi. Uning yetti nafar a’zosining har biri rotatsiya asosida bir yilga prezident bo‘ladi.