O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi birinchi qismining 3-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati

Q A R O R Q I L A D I :

1. Quyidagilar:

Abdumumin Abduaxatovich Abdullayev muddatsiz davrga

Volida Rustamovna Axtamova o‘n yil muddatga

Jamshid Uktamovich Tirkashev o‘n yil muddatga

Ilxomjon Xakimovich Raxmankulov o‘n yil muddatga

Saylaubay Amanbayevich Mambetkadirov o‘n yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudining sudyasi lavozimiga saylansin.

2. Boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan:

Ixtiyar Uralovich Kasimov

Nematjon Axmedjanovich Akbarov

Raxat Aminbayevich Ismaylov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilsin.

3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi                                     N.Yo‘ldoshev

Toshkent shahri, 2018-yil 30-mart