“Vatanparvarlik oyligi” doirasida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugning “Vatanparvarlik karvon”lari Qoraqalpog‘iston Respublikasining eng chekka hududlarida ham bo‘lib, “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendurman o‘sha!” shiori ostida tadbirlarni tashkil etib kelmoqda.

Nukus garnizonidagi “Vatanparvarlik karvon”ning bu safargi “nishoni” Qo‘ng‘irot tumanidagi umumta’lim maktablari bo‘ldi.

Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazining harbiy orkestri jamoasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi yig‘ilganlar qalbini iliqlik bilan to‘ldirgan bo‘lsa, harbiy xizmatchilar va o‘quvchi-yoshlar tomonidan namoyish etilgan qo‘l jangi va saf elementlari barchani hayratlantirdi.

Yoshlarni chaqiruvga qadar tayyorlash sifatini yaxshilash hamda o‘quv-moddiy bazasini takomillashtirish uchun harbiy okrug tomonidan taqdim etilgan o‘quv qurollari endilikda yo‘nalish bo‘yicha ta’lim sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Tadbirlar davomida namoyish etilgan qurol-aslahalar ko‘rgazmasi yoshlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan pnevmatik miltiqdan o‘q otish musobaqasi esa ularda yetakchilik qobiliyatini shakllantirishga ko‘maklashdi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy

okrug matbuot xizmati.