2019 YILDA SOLIQLAR VA MAJBURIY TOʻLOVLARNING TURI 19 TADAN 15 TAGACHA KAMAYADI

2019 yilgi soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlari Prezidentimizning 2018 yil 29 iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Unga koʻra, barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etish, shundan 0,1 foizini shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yoʻnaltirish, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun 22 foizdan 20 foizgacha pasaytirish, fuqarolarning mehnat haqi tarzidagi daromadlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ushlab qolinadigan sugʻurta badallarini bekor qilish nazarda tutilmoqda.
Umuman olganda, taklif etilayotgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi hisobiga soliqlar va majburiy toʻlovlarning turi 19 tadan 15 tagacha kamayadi.
Bu haqda, Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarida qayd etilgan.

 

O’zA