Mol-mulkka qo‘yilgan taqiq davlat ijrochisi tomonidan bekor qilinishi mumkin

12

2026-yil 5-martda “Kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi.

Unga ko‘ra, agar undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish taklifiga rozilik bersa, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi idoralar tomonidan mol-mulkka nisbatan qo‘yilgan taqiqlar davlat ijrochisining qarori asosida bekor qilinadi.

Davlat ijrochisining qarori unda ko‘rsatilgan shaxsga mol-mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (hisobga qo‘yish) uchun asos bo‘ladi.

Bunda mol-mulk bo‘yicha mavjud majburiyatlar uning sobiq egasi bo‘lgan qarzdor zimmasida qoladi. Bundan undiruvchi mazkur majburiyatlarni bajarishni ixtiyoriy ravishda o‘z zimmasiga olgan hollar mustasno.

N.Abduraimova,

O‘zA