Joriy yil Surxondaryo viloyatida 18 ta parrandachilik kompleksi va naslchilik loyihalarini ishga tushirish rejasi belgilab olindi
6
Yiliga 45 ming tonna parranda go‘shtiga ehtiyoji bo‘lgan Surxondaryoda birorta yirik parrandachilik kompleksi yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.
Joriy yil viloyatda 60 million dollarlik 18 ta parrandachilik kompleksi va naslchilik loyihalarini ishga tushirish rejasi belgilab olindi.
Surxondaryoda tabiat erta uyg‘ongani bois, asalarichilar uchun mavsum shu yerdan boshlanadi. Agar naslli ona ari genetikasi viloyatda yo‘lga qo‘yilsa, sohada “katta sakrash” bo‘ladi.
Shu munosabat bilan ona arining nasllarini olib kelish, 150 ming nasldor asalari paketini ishlab chiqarish bo‘yicha 30 ta loyihani boshlash topshirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish davom etmoqda.
O‘zA