O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi
34
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-fevral kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi.
Maslahatchining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, umumta’lim muassasalari salohiyati va investorlar bilan strategik kommunikatsiyani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Iqtisodiy islohotlar, davlat boshqaruvi, ta’lim sohalaridagi ilg‘or xalqaro tajriba va strategik rejalashtirish amaliyotini izchil joriy etish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, xalqaro maydonda mamlakatimiz investitsiya salohiyatini targ‘ib qilishni yanada kengaytirish masalasiga to‘xtalib o‘tildi.