Tarmoq rahbarlari o‘zimizdagi xomashyodan tayyor mahsulot yaratish haqida doim bosh qotirishi kerakligi qayd etildi
3
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Masalan, oltinni qayta ishlash uchun yaratilgan sharoitlar tufayli zargarlik sanoatida o‘tgan yilning o‘zida 3,3 karra o‘sish bo‘lib, 13 trillion so‘mlik mahsulot chiqarildi. Bu yil ham 1,3 barobar o‘sish reja qilingan.
Elektrotexnika tarmog‘ida ham yiliga 160 ming tonna misni chuqur qayta ishlash quvvatlari bor. Lekin o‘tgan yili korxonalarga 92 ming tonna mis berilgan. Qazib olish hajmini, rudadan olinadigan mis ulushini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi.
Buning uchun 57 ta maxsus texnika olib kelib, ruda qazib olishni 46 milliondan 64 million tonnaga oshirish, mahalliy korxonalar uchun birjaga har oy kamida 10 ming tonna mis chiqarish topshirildi.
O‘zA