“Gohar Textile” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
20
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahriga davlat tashrifi doirasida “Gohar Textile” kompaniyasi asoschisi Gouhar Mustafo bilan uchrashdi.
Kompaniya paxta tolasini qayta ishlashga ixtisoslashgan bo‘lib, maishiy to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha katta tajribaga ega.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda to‘qimachilik mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va O‘zbekiston korxonalarini xalqaro yetkazib berish zanjirlariga integratsiya qilish istiqbollari muhokama qilindi.