O‘zbekiston Prezidenti “Engro Group” kompaniyasi rahbari bilan hamkorlik rejalarini muhokama qildi

57

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokistonga davlat tashrifi doirasidagi ishbilarmonlik tadbirlari davomida “Engro Group” kompaniyasi raisi Ahsan Zafar Sayid bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Kompaniya Pokistonning energetika xavfsizligiga katta hissa qo‘shib, energetika, neft-kimyo va qishloq xo‘jaligi sohalarida katta tajribaga ega.

Suhbatda Prezidentimi kompaniyaning kimyo sanoatidagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, chorvachilikni rivojlantirish va chorva mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha sheriklik uchun katta salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.