Kadrlar qo‘nimsizligiga barham berish, malakali va fidoyi kadrlarni rag‘batlantirish doimiy e’tiborda bo‘ladi

27

Ichki ishlar vazirligi milliardlab pullarni faqat qurilish va texnika uchun so‘rayotgani, lekin pastdagi xodimlarning dardini ko‘tarib chiqmayotgani qayd etildi.

Yuzdan ortiq profilaktika inspektori bilan suhbat o‘tkazilganda ularning moddiy va ijtimoiy muammolari to‘planib qolgani ma’lum bo‘ldi.

Shu bois, profilaktika inspektorlarini yanada qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi obro‘sini oshirish bo‘yicha qator yangiliklar e’lon qilindi.

Jumladan, joriy yil 1 iyuldan poytaxtdagi profilaktika xodimlariga aynan shu sohada ko‘p yillik staji uchun 5 million so‘mgacha oylik ustama beriladi.

Shu yil 1 fevraldan yuridik oliygohni bitirib, ichki ishlar tizimiga ishga kirganlarga oliygohda o‘qigan davri ham stajga qo‘shiladi.

Viloyatdan kelib, poytaxt ichki ishlar idoralarida ishlayotgan xodimlarning uy ijarasiga oylik to‘lov 1,8 million so‘mdan 3,1 million so‘mga oshiriladi.

Shuningdek, 1 fevraldan ichki ishlar xodimlari uchun qurilayotgan uylarning 30 foizi faqat profilaktika inspektorlariga beriladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

O‘zA