O‘tgan yili poytaxtda kiberjinoyatlar soni 16 mingdan ortib, fuqarolar qariyb 2 trillion so‘m moddiy zarar ko‘rgan

16

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Uch yil oldin Ichki ishlar vazirligida tashkil qilingan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining ishi hali ko‘rinmayotgani qayd etildi.

Masalan, o‘tgan yili poytaxtda kiberjinoyatlar soni 16 mingdan ortib, fuqarolar qariyb 2 trillion so‘m moddiy zarar ko‘rgan bo‘lsa, ularni fosh etish 8 foizga ham bormayapti.

Jinoyatchilar bank tizimidagi bo‘shliqdan, aholining ishonuvchanligidan va texnologik bilimi yetishmasligidan foydalanmoqda.

–Ichki ishlar va prokuraturaga bu yo‘nalishda barcha masalalarni hal qilib berganman. Qani natija? Bank va to‘lov tashkilotlarida himoya tizimlarini joriy etish qachon yakunlanadi, – deya davlatimiz rahbari mutasaddilar oldiga qat’iy savol qo‘ydi.

O‘zA