Prezident: ro‘yxatga olish – har bir mahalla, har bir oilaning real holatini aniqlash, kelgusi rejalarni shunga qarab belgilashga xizmat qiladi

17

Davlatimiz rahbari yig‘ilishda yana bir muhim masalaga to‘xtaldi.

Butun respublikada aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha katta tadbir boshlangan.

Hozirgacha jami 7 million 613 ming xonadondan 4 million 776 mingi ro‘yxatdan o‘tdi. Lekin bu boradagi ishlar Toshkent shahri, Farg‘ona, Surxondaryo, Buxoro, Toshkent viloyatida sekin kechmoqda.

–Bunday muhim tadbir 37 yil ichida birinchi marta o‘tkazilyapti. Ro‘yxatga olish – har bir mahalla, har bir oilaning real holatini aniqlash, kelgusi rejalarni shunga qarab belgilash, eng asosiysi, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan samarali mexanizmlarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi, – dedi davlatimiz rahbari va barcha yurtdoshlarimizni ro‘yxatga olishda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Yig‘ilishda tuman hokimlari, mahalla raislari, hokim yordamchilarining hisobot va takliflari tinglandi.

O‘zA