Davosda O‘zbekiston, Ozarbayjon va Vengriya yetakchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

16

Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi.

Yetakchilar do‘stona ruhda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Ko‘p tomonlama, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.