O‘zbekiston manfaatlarini xalqaro miqyosda qat’iy himoya qiladigan chin vatanparvar diplomatlar davri keldi – Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
–Sizlarning har biringiz davlatimiz va xalqimiz nomidan chet elda ish olib borayotgan, Yangi O‘zbekistonning o‘zgarishlar ruhi va shiddatini namoyon etayotgan ishonchli vakilsiz.
Ayniqsa, sizlar o‘zingizning aql-zakovatingiz, talabchanligingiz, yuksak bilimingiz, olijanob xalqimizning eng yaxshi qadriyat va an’analarini mujassam etganingiz bilan barchaga o‘rnak va namuna bo‘lishingiz kerak.
Endi yangicha ruhda ishlaydigan va aniq natijalarga erishadigan, O‘zbekiston manfaatlarini xalqaro miqyosda qat’iy himoya qiladigan chin vatanparvar diplomatlar davri keldi.
Chunki Yangi O‘zbekistonning yangi qiyofasi va imiji, sha’ni va shuhrati, eng avvalo, sizlarning timsolingizda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu sharafli va mas’uliyatli yo‘lda barchangizga omad va zafarlar tilab qolaman, – dedi Prezidentimiz yig‘ilish yakunida.
Yig‘ilishda xorijdagi elchilarimizning hisobot va takliflari tinglandi.
O‘zA