Yurtimizda faoliyat yuritayotgan elchixonalar va xalqaro tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha yangicha tizimga o‘tish vaqti kelgani ta’kidlandi

18

Yig‘ilishda professional diplomat kadrlarni qayta tayyorlash, istiqbolli kadrlar zaxirasini yaratish tizimini takomillashtirish zarurligi qayd etildi.

“Dunyo” axborot agentligi faoliyatini ham jonlantirish, bu borada nufuzli xorijiy piar kompaniyalar, maxsus media loyihalar va yetakchi ommaviy axborot vositalari bilan tizimli ishlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bu jarayonda xalqaro matbuot anjumanlari va intervyular orqali O‘zbekistonning tashqi siyosiy tashabbuslarini muntazam yetkazib borish va imijini oshirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Prezidentimiz yurtimizda faoliyat yuritayotgan elchixonalar va xalqaro tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha ham yangicha tizimga o‘tish vaqti kelganini ta’kidladi.

Xorijiy elchilarni hududlarimizga taklif qilib, hamkorlikdagi ishlar ko‘zdan kechirilsa, yangi loyihalar bo‘yicha birgalikda takliflar tayyorlansa, maqsadga muvofiq bo‘lishi aytildi.

O‘zA