Mehnat migrantlari bilan ishlash elchixonalardagi konsullarning asosiy vazifasi bo‘lishi aytildi

22

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

–Xorijda noqonuniy bo‘lib turgan fuqarolarimiz borligi bizni tashvishga soladi, – dedi davlatimiz rahbari.

O‘tgan yili Rossiyada 150 mingdan ziyod fuqaroga “migratsiya amnistiyasi”ni qo‘llashga erishildi. Boshqa mamlakatlarda ham fuqarolarimizga qonuniy asosda ishlashlariga ko‘maklashish, bu borada xorijiy tomonlar bilan muzokaralarni faollashtirish, shu bilan birga fuqarolarimiz ham o‘zlari bo‘lib turgan mamlakat qonunchiligi talablariga rioya qilishi lozimligi qayd etildi.

Bundan buyon migratsiya oqimi ko‘payib borayotgan davlatlar, ayniqsa, Yevropada mehnat migrantlari bilan ishlash elchixonalardagi konsullarning asosiy vazifasi bo‘lishi belgilandi.

Shuningdek, chet eldagi fuqarolarimizni konsullik hisobiga qo‘yish tartibini yanada soddalashtirish, ortiqcha byurokratiyani qisqartirish topshirildi.

O‘zA