Joriy yilda eksportni 40 milliard dollarga, investitsiyani 50 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marralar olingan

Buning uchun har bir elchi o‘zi faoliyat yuritayotgan hududning nisbiy ustunliklarini tahlil qilib, eksport, investitsiya, yangi texnologiya bo‘yicha aniq maqsad va natijaga ishlashi shartligi qayd etildi.
Ayrim vazirlar va tarmoq rahbarlari chetdan grant jalb qilish bo‘yicha bor imkoniyatlardan samarali foydalana olmayotgani qayd etildi. Ular elchilar yordamidan foydalanib, donor tashkilotlar bilan ishni to‘g‘ri tashkil qilganida o‘tgan yili yana kamida 200-300 million dollar grant jalb qilish mumkin edi.
Xalqaro tashkilotlar va donor mamlakatlar har yili 200 milliard dollarlik xalqaro grantlar e’lon qilyapti.
Bu imkoniyatdan unumli foydalanish, grantlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.
Bundan tashqari, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariya, Xitoy, Yaponiya va Singapurdagi elchilar bilan birgalikda TOP-100 ga kiruvchi xorijiy oliygohlarni O‘zbekistondagi oliygohlarga hamkor qilib olib kelish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish topshirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
O‘zA