Yevropaga yuk tashish xarajati ikki karra oshgani milliy mahsulotlarimiz raqobatdosh bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda

7

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Bugungi geosiyosiy vaziyat oqibatida Yevropaga yuk tashish xarajati 2 karra oshgani milliy mahsulotlarimiz raqobatdosh bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bu borada Polsha Yevropa bozorlariga kirib borish uchun eng asosiy darvoza hisoblanishi, ushbu mamlakatdagi elchimiz logistika xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha takliflar bilan chiqishi kerakligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga polshalik hamkasblari bilan Brest chegara punktida o‘zbekistonlik yuk tashuvchilar uchun alohida yo‘lak ochish masalasida kelishuvga erishish topshirildi.

Bundan tashqari, mas’ul vazirliklarga O‘zbekiston va Ruminiya hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazib, iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishish topshirildi.

Ruminiyaning Konstansa shahrida savdo uyini tashkil etib, 2026 yilda ushbu davlatga eksportni 2 karra oshirish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zA