O‘tgan yili Yevropaga eksport 23 foizga ko‘payib, 2,3 milliard dollarga yetdi
4
Lekin ayrim davlatlardagi elchilarimiz ushbu bozorlarda o‘zbek mahsuloti nomini tanitish bo‘yicha natija ko‘rsata olmayotgani qayd etildi.
Fransiya kimyo sanoatimiz uchun yangi eksport yo‘nalishi, Farg‘ona, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatidagi kimyo korxonalari uchun katta bozor ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Ushbu mamlakatdagi vakolatxonamizga Fransiyada o‘g‘itga bo‘lgan talablar, ularning standartlarini Farg‘ona, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatidagi kimyo korxonalariga yetkazish, ushbu korxonalar rahbarlari va ularning mahsulotlarini olib borib, ko‘rgazma tashkil qilish topshirildi.
Umuman, Yevropaning qishloq xo‘jaligi rivojlangan davlatlariga mineral o‘g‘it eksportini oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
O‘zA