Diplomatik faoliyatni baholashning bitta o‘lchovi bor, u ham bo‘lsa – natija
Yig‘ilishda chet eldagi elchixonalar, konsullik muassasalari va xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalar shtatlari, ular va Tashqi ishlar vazirligi xodimlarining oylik ish haqi ko‘paytirilgani qayd etildi.
–Lekin barcha diplomatik vakolatxonalarimiz buni to‘g‘ri anglab, mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solyaptimi? Diplomatik faoliyatni baholashning bitta o‘lchovi bor, u ham bo‘lsa – natija!
Shu bois, hozirgi sharoitda elchi degani faqat siyosiy muloqot yurituvchi shaxs emas. Elchi bu – investitsiya va texnologiyalar olib keladigan, yangi eksport bozorlarini ochadigan, transport-logistika yo‘laklarini ishga soladigan, turistlar oqimini ko‘paytiradigan, qonuniy mehnat migratsiyasi uchun sharoit yaratadigan, eng asosiysi, fuqarolarimiz huquqlarini himoya qiladigan davlat vakilidir, – dedi Prezidentimiz.
Endilikda elchilar faoliyat yuritayotgan davlatdan eksport tushumlari, turistlar oqimi, qonuniy ish joylariga fuqarolarimizni yuborish ular uchun KPI bo‘lishi belgilandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
O‘zA