O‘zbekiston Prezidenti sharafiga rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi
35

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, “Kantey” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi sharafiga Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi nomidan qabul marosimi tashkil etildi.
Tadbirda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolari, ishbilarmon doiralari va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi.


Mamlakatimiz yetakchisi va Yaponiya hukumati rahbari bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalaridan, ularning yakunida ikki tomonlama aloqalar kengaytirilgan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganidan mamnuniyat bildirdilar.


O‘zbekiston – Yaponiya munosabatlarini bundan buyon ham mustahkamlashga intilish qat’iy ekani ta’kidlandi.

