O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

16

20 dekabr kuni “Kantey” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi davlatimiz rahbarini samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi.

Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar va rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushildi.

Shundan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.