O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi
16

Rasmiy tashrif bilan Tokio shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Yaponiyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz qizg‘in kutib oldi.
Davlatimiz rahbari ular bilan suhbatlashdi.


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yurtdoshlarimizning orzu-umidlari, maqsad va rejalari haqida ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.


Prezidentimiz vatandoshlarimizga ishi va o‘qishida muvaffaqiyatlar tilab, ular kunchiqar yurtda orttirgan bilim va tajribalar Vatanimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

