Paragvay Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

27

Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya 11-13 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi.

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdilar.

Unda O‘zbekiston va Paragvay o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport sohalarida amaliy sheriklikni o‘rnatishga qaratilgan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Paragvay yetakchisi 12 dekabr kuni Yangi O‘zbekiston bog‘i, Toshkent shahrida qad rostlagan Olimpiya shaharchasi va Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, mamlakatimizda kechayotgan yangilanish va bunyodkorlik jarayonlari bilan bevosita tanishdi

Shuningdek, Xalqaro avtomobil federatsiyasi Bosh assambleyasida va federatsiya shafeligida o‘tkazilgan musobaqalar g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

Oliy martabali mehmonni “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov  va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Abdulaziz RUSTAMOV,

Nosirjon HAYDAROV (surat), O‘zA