O‘zbekiston Prezidenti Xitoy bilan ko‘p qirrali sheriklikni mustahkamlash muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyanni qabul qildi.
O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi yangi davrdagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Markaz mamlakatimizning Xitoy bilan ko‘p qirrali hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shayotgani qayd etildi.
Birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va “yashil” sanoatda qator loyihalar amalga oshirildi. Geologiya va qishloq xo‘jaligi sohalarida umumiy qiymati 1 milliard dollardan ziyod loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Ta’lim, fan, madaniyat va turizm sohalaridagi faol almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
1984 yilda tashkil etilgan markaz dunyoning 160 dan ortiq mamlakati bilan madaniy, ilmiy va ma’rifiy aloqalar o‘rnatgan. Uchta xalqaro vakolatxonasi mavjud.