Ramziy dastak bosildi: 42 ta energetika ob’ekti ishga tushirildi va 21 ta yangi loyiha qurilishi boshlandi
6
Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika sohasidagi ob’ektlar va loyihalarni ishga tushirish marosimida nutq so‘zladi.
– Biz bugun ishga tushirayotgan barcha loyihalar iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, kelajak avlodlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Bunday jadal harakatlarimiz va tashabbuslarimiz bilan biz yangicha modeldagi zamonaviy energetika tizimini, albatta, to‘liq barpo etamiz.
Mazkur loyihalarda faol ishtirok etayotgan energetika sohasi vakillariga, barcha ishchilar, muhandislar va xorijlik hamkorlarimizga yana bir bor samimiy minnatdorchilik bildiraman, – dedi davlatimiz rahbari nutqining yakunida.
Marosimda hamkor mamlakatlar energetika vazirlari va kompaniyalar rahbarlari so‘zga chiqdi.
O‘zbekiston Prezidenti ramziy dastakni bosib, 42 ta energetika ob’ektini ishga tushirdi va 21 ta yangi loyiha qurilishini boshlab berdi.
O‘zA