Sirdaryoliklarning tashabbuskorlik va fidoyilik fazilatlari yuksak marralarga boshlaydi

14

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

– Bugun sizlar bilan viloyatni yanada rivojlantirish, aholi va tadbirkorlarni og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish bo‘yicha katta-katta reja va maqsadlarni belgilab oldik.

Hech shubhasiz, sirdaryoliklarning bunyodkorlik, tashabbuskorlik va fidoyilik fazilatlariga tayanib, bu marralarga albatta erishamiz.

So‘zimning yakunida nuroniy otaxon va onaxonlarga, ishbilarmon tadbirkorlar va dehqonlarga, kuch va g‘ayratga to‘la yoshlarga, butun Sirdaryo ahliga o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildiraman,– dedi Prezidentimiz yig‘ilish yakunida.

Sessiya davomida mutasaddilarning hisobotlari, ishtirokchilarning fikr va takliflari tinglandi.

O‘zA