Termiz tumanidagi Tomorqa maktabi afzalliklari aytildi

27

To‘rtinchi yo‘nalish – qishloq xo‘jaligi hisobidan aholi daromadlarini oshirish.

Kambag‘allikni qisqartirishda aholiga 232 ming gektar yer bo‘lib berilgani natijasida 770 ming odam daromad manbaiga ega bo‘ldi.

Lekin tajribasi yetishmagani, sifatli urug‘, mahsulotiga bozor topishga qiynalgani uchun ularning uchdan birida daromad kam.

Tomorqa egalariga serhosil urug‘ni tanlash, ishni to‘g‘ri tashkil etish orqali yerdan daromadni keskin oshirishni o‘rgatish maqsadida Termiz tumanida Tomorqa maktabi tashkil qilindi.

Ushbu maktabda tomorqaga ilm bilan yondashib, bir yilda Surxondaryo sharoitida 5 martagacha ekin ekish o‘rgatilyapti. 3 ming nafar ehtiyojmand aholi sitrus meva, anjir, xurmo, gul yetishtirish bo‘yicha maxsus kurslarda o‘qitildi.

Agar bu tajriba barcha hududlarda joriy qilinsa, mahsulot yetishtirish ham, eksport ham, asosiysi, dehqonlarning daromadi ham 4-5 karra ko‘payadi.

Shu bois, har bir viloyatda kamida 5 tadan bunday maktablarni tashkil qilib, ijaraga yer olgan odamlarni serdaromad ekin ekishga o‘rgatish topshirildi. Dehqonlar ijaraga olgan yerida yetishtirgan mahsulotni kafolatli sotishi uchun “Eksportchi kooperativlari” tashkil qilinadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

O‘zA