Chegara va anklav hududlardagi 563 ta mahallaga tuman hokimlari yetarli e’tibor qaratmayotgani qayd etildi
24
U yerlarga olib boruvchi yo‘llar ta’mirlanib, mehmon uylari, dam olish maskani, savdo-servis ob’ektlari tashkil qilinsa, 50 ming xonadonning daromadi ko‘payadi.
Masalan, So‘x daryosining Sarikanda, Rovon, Istiqlol mahallalari hududidan o‘tgan 5 kilometr qismida kurort zona va ko‘ngilochar maskan tashkil qilinsa, yiliga 30 ming sayyoh keladi. Buning hisobiga 200 ta oilaning daromadi oshadi.
Agar har bir hokim 563 ta mahallada ishni shu tartibda yo‘lga qo‘yib, kamida 100 ming odamni band qilsa, 25 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish mumkinligi qayd etildi.
Umuman, kelgusi yilda bu mahallalardagi aholi turmushida vaziyat keskin o‘zgarishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Ushbu mahallalarda dam olish va servis ob’ektlarini qurish loyihalari uchun 1 trillion so‘m resurs ajratish topshirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
O‘zA