Kelgusi yilda kambag‘allik va ishsizlik darajasini 4,5 foizdan kamaytirish mutasaddilarning asosiy vazifasi bo‘lishi qayd etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik rejalarini bajarishdagi mas’uliyatsizlik uchun yil boshidan 261 nafar mas’ul ishdan olingani, yana 492 nafariga intizomiy jazo berilgani ma’lum qilindi.
–Ehtiyojmand oilalarning eng og‘ir qatlami qoldi. Bunday 400 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish uchun viloyat, tuman hokimining birinchi o‘rinbosarlari, bandlik, bank rahbarlari, “mahalla yettiligi” o‘zining dunyoqarashi va ish uslubini o‘zgartirishi kerak,
– dedi davlatimiz rahbari.
Kelgusi yilda kambag‘allik va ishsizlik darajasini 4,5 foizdan kamaytirish mutasaddilarning asosiy vazifasi bo‘lishi qayd etildi.
Keyingi yilda iqtisodiyotga 450 trillion so‘m kredit ajratilishi, 140 trillion so‘mi mahalladagi kichik va o‘rta loyihalar uchun berilishi belgilandi.
O‘zA