O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

70

“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov suhbat o‘tkazdilar.

Muloqot chog‘ida davlat rahbarlari bir-birlarini qutladilar va ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

So‘ng Turkmaniston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boshlandi.