O‘zbek tilini sun’iy intellekt yordamida o‘rganish mumkin
50
“Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida sun’iy intellekt yordamida o‘zbek tilini o‘rgatish moduli ishga tushdi.
Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda “Ibrat farzandlari” jamoasi ushbu modulning boshlang‘ich darajadagi bepul dasturini taqdim etdi.

Dastur O‘zbekistonda ilk bor sun’iy intellekt asosida ona tilimizning talaffuzini audiolashtirib, til o‘rganishning 6 asosiy ko‘nikmasini qamrab olgani bilan ajralib turadi.

Endi xorijliklar learnuzbek.ai platformasi orqali kuniga atigi 15 daqiqa ajratib, o‘zbek tilini o‘rganishlari mumkin.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA