BMT – O‘zbekiston: o‘zaro hamkorlik samaralari
“UNPublic Service Forum-2025” anjumaniga ham Samarqand mezbonlik qildi. BMTning davlat xizmati bo‘yicha asosiy jahon forumi 23-25 iyun kunlari “2030 yilgacha besh yil” shiori ostida o‘tdi.
Ilk bor ECOSOCda. O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi bor BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashiga 2025-2027 yillar uchun saylandi. Mamlakatimiz nomzodi 185 (!) ovoz bilan ma’qullandi.
Inson huquqlari qo‘mitasida O‘zbekiston vakili. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov 2025-2028 yillar uchun HRCtee a’zoligiga saylandi – tarixiy voqea.
Orol bo‘yi: paradigma o‘zgarishi. BMT Bosh assambleyasining 75/278-sonli qarori Orolbo‘yi mintaqasini “ekologik innovatsiya va texnologiya hududi” deya e’lon qildi. Ayni payt ushbu yo‘nalishda Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi (MPHSTF) faoliyat yuritmoqda.
Orol “soyaboni”. MPHSTFni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish va Qoraqalpog‘istondagi loyihalar uchun donorlarni birlashtirish bo‘yicha kampaniya qizg‘in davom etmoqda.
Raqamli davlat boshqaruvi – “Very High” (Juda yuqori darajaga sakrash). UN DESA-2024 hisobotida O‘zbekiston EGDI guruhiga joylashdi – 63-o‘rin, EGDI 0,7999.
Samarqand – UNWTO maydoni. Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) 25-Bosh Assambleyasi 2023 yil 16-20 oktyabr kunlari Samarqandda o‘tkazildi. O‘zbekiston tuzilma Ijroiya kengashi tarkibidagi Vakolatlarni tekshirish qo‘mitasiga 2023-2027 yillar uchun a’zo bo‘ldi.
UNODC: Toshkentda qat’iy kun tartibi. UNODC Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy boshqarmasi Toshkentda joylashgan. Tuzilma faoliyati doirasida Markaziy Osiyo uchun 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan maxsus dastur (uyushgan jinoyatchilik/giyohvand moddalar va korrupsiyaga qarshi kurash, chegaralar) amalga oshirilmoqda.
SPECA: BMT homiyligidagi mintaqaviy iqtisodiyot. BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun dasturi Toshkent deklaratsiyasi (1998 yil) bilan boshlangan. 2023-2024 yillarda O‘zbekiston ushbu yo‘nalishda aniq amaliy tashabbuslar (oziq-ovqat, transport)ni ilgari surdi.
Chang/qum bo‘roni bo‘yicha ko‘mak. BMTning mamlakatimiz bo‘yicha tahlilida “Chang va qum bo‘roni bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi” (UNCCD COP-16, 2024) ilgari surilishi yana bir muhim ekologik hissa sifatida qayd etildi.
BMTning O‘zbekistondagi muntazam hamkorlik tadbirlari. 2024 yil Toshkentda Markaziy Osiyo uchun UNODC Dasturi qo‘mitasi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. UNODC yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv platformalari (monopoliyaga qarshi kurash, korrupsiyaga qarshi kurash, giyohvandlikni davolash) faoliyat yuritmoqda.
Abduaziz Xidirov, O‘zA