Sherzod Asadov BMT Yangiliklar xizmati direktori Yan Filips bilan uchrashdi

63

O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov BMTning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohiga tashrif doirasida BMT Yangiliklar xizmati direktori Yan Filips bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

“ – Suhbat chog‘ida voqealarni aniq, xolis va o‘z vaqtida yoritish masalalarini muhokama qildik. Ayniqsa, ulkan axborot oqimi sharoitida faktlarning haqqoniyligini tekshirish, dezinformatsiyaga qarshi kurashish hamda mediasavodxonlikni oshirish yo‘nalishidagi hamkorlikni kuchaytirish tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotgani haqida yakdil fikr bildirdik.

O‘zbekistonning BMT doirasidagi muhim tashabbuslari va xalqaro tadbirlarini yoritishda BMT Yangiliklar xizmati tomonidan ko‘rsatilayotgan doimiy qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirdim. Kelgusida ham yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi”, – deb yozadi Sherzod Asadov.