BMT Bosh kotibining yordamchisi bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibining yordamchisi – BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik bilan uchrashdi.
Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini atroflicha muhokama qilingan.
“–O‘zbekiston va BMTning qo‘shma tadbirlarini, jumladan, oliy darajadagi tashriflarni axborot bilan ta’minlash va yoritish jarayonida xizmatlarimiz doimiy ravishda yaqin hamkorlik qilib kelayotgani, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash an’anaga aylanganini mamnuniyat bilan qayd etdim.
Jurnalistlar o‘rtasida tajriba almashish va ularning salohiyatini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalar istiqbollariga alohida e’tibor qaratdik. Bu jarayonda Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli tuzilma va institutlari imkoniyatlaridan foydalanish muhimligi ta’kidlandi. Shu ma’noda, O‘zbekiston va BMTning qo‘shma tashabbuslarini keng yoritishda yurtimiz ommaviy axborot vositalari vakillarining faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligimizni bildirdik”, – deb yozadi Sherzod Asadov.