Inson salomatligini muhofaza qilmay turib, uning imkoniyatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarib bo‘lmaydi

68

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” xalqaro forumining ochilishida nutq so‘zladi.

Prezidentimiz inson salomatligini muhofaza qilmay turib, uning imkoniyatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarib bo‘lmasligini qayd etdi.

Bu borada 140 ming kambag‘al oilaga shifokor biriktirib, ularni yiliga bir marta to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Endi kafolatlangan tibbiy xizmatlar ko‘paytirilib, kambag‘al oilalarning bunga sarf qiladigan xarajati 2 karra qisqartiriladi. Bunda ularga bepul dori va kafolatlangan tibbiy xizmatlar paketi taqdim etiladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan manzilli ishlash kambag‘allikka qarshi kurashda asosiy yo‘nalishlardan biri. Bu tizim tubdan isloh qilinib, ilgari 6 ta davlat tashkilotida bo‘lgan vakolatlar yagona Ijtimoiy himoya milliy agentligiga birlashtirildi. Qisqa muddatda har bir tuman va shaharda 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlarni “bir darcha” tamoyili asosida ko‘rsatadigan “Inson” markazlari tashkil qilindi. Har bir mahallada ijtimoiy xodim aholi bilan proaktiv ishlamoqda.

Imkoniyati cheklangan aholining kambag‘allikka tushib qolish ehtimoli yuqoriligi bois, ularni qo‘llab-quvvatlash, inklyuzivlik asosida jamiyatga integratsiya qilish bo‘yicha yangi yondashuvlar ishlab chiqildi. Munosib mehnat sharoiti yaratilgani uchun bu yil 150 ming nogironligi bor shaxslar ishga joylashdi. Ularga hayotiy zarur tibbiy jihoz, aravacha va protezlar bepul yetkazib berilmoqda.

O‘zA