Endilikda yosh toifalari bo‘yicha milliy tarbiya modeli yaratiladi

72

Kecha Prezident yosh avlodni tarbiyalashning yagona konsepsiyasi bilan tanishdi.

Endilikda yosh toifalari bo‘yicha milliy tarbiya modeli yaratiladi. Bu orqali bolalar zamonaviy kompetensiyaga ega mutaxassis bo‘lish bilan birga milliy qadriyatlarga sodiq inson bo‘lib tarbiyalanadi.

Buning ilk qadami sifatida yangi o‘quv yilidan barcha bog‘cha, maktab va oliygohlarda har dushanba “Kelajak soati” darslari o‘tilmoqda.

Umuminsoniy, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik g‘oyasi, Yangi O‘zbekistondagi islohotlarni o‘zgarib borayotgan zamon sharoitida texnologiya asri bolalariga chuqurroq, zamonaviy usullarda yetkazish kerakligi aytildi.

Shu bois, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlari bilan birgalikda qiziqarli videoroliklar ishlab chiqadi.

Yaratilgan kontent “Milliy tarbiya” platformasiga doimiy ravishda joylashtiriladi, telekanallarda yoritib boriladi.

O‘zA