Uch yilda iqtidorli o‘quvchilar uchun 201 ta ixtisoslashgan maktab tashkil qilindi

62

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ta’lim sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Yig‘ilish kun tartibidagi navbatdagi masala – maktab ta’limi.

Olis hududlardagi 74 ming o‘quvchi hozirgacha 5-7 kilometr uzoqlikdan maktabga qatnayotgani qayd etildi.

Qashqadaryo va Surxondaryo hokimlari bu masalani ichiga kirib, mablag‘ini hal qilib, 100 ta maktabda bepul avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ygan. Samarqand va Jizzax viloyatlari hokimlari ham bir oyda 100 ta shunday maktabga avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish tashabbusi bilan chiqqan.

Bu qolgan hududlar uchun namuna ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Uch yil ichida iqtidorli o‘quvchilar uchun 201 ta ixtisoslashgan maktab tashkil qilindi. Lekin 12 ta ixtisoslashgan maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari haligacha yakunlanmagani qayd etildi.

Tegishli viloyatlar hokimlariga ishlarni yil oxirigacha yakuniga yetkazish topshirig‘i berildi.

O‘zA